Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropadagi dastlabki mamlakat karantin choralarini yumshatish rejasini e'lon qildi
Avstriya kansleri karantin choralari faqat fuqarolar ijtimoiy masofalanish va ehtiyot choralariga rioya qilgan taqdirdagina yumshatilishini ta'kidladi.
Avstriya hukumati koronavirusga qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan karantin choralari yumshatilishi bo‘yicha rejasini taqdim etdi. 14 apreldan ayrim savdo nuqtalarini ochish rejalashtirilmoqda, dedi mamlakat kansleri Sebastyan Kurs.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 14 apreldan maydoni 400 kvadrat metrgacha bo‘lgan do‘konlar qat'iy xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda ochilishi mumkin.
«Bu niqob taqish va dezinfeksiyaga hamda xaridorlar soni cheklanishiga taalluqli», — dedi Kurs.
Kanslerning aniqlik kiritishicha, aprel o‘rtalaridan bog‘dorchilik va qurilish mollari do‘konlari ishlay boshlaydi. Shu tarzda, Avstriya karantin rejimi yumshatilishini e'lon qilgan Yevropadagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Bu yerda koronavirusga qarshi kurash doirasidagi favqulodda choralar 16 martdan kuchga kirgandi.
Kursning aytishicha, 1 maydan yana ko‘plab kompaniyalar ish boshlashi mumkin. Bular barcha do‘konlar va savdo nuqtalari bo‘ladi. May o‘rtalaridan restoran va mehmonxonalar ochila boshlaydi. Maktablarda onlayn o‘qishlar may o‘rtasigacha davom etadi, ommaviy tadbirlar o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq iyun oxirigacha amal qiladi.
Avstriya kansleri karantin choralari faqat fuqarolar ijtimoiy masofalanish va ehtiyot choralariga rioya qilgan taqdirdagina yumshatilishini ta'kidladi.
Hozirda Avstriyada ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlangan. Aholi jiddiy sababsiz uydan chiqishi mumkin emas va tibbiy niqob taqishi shart. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 12 mingdan ortiq bo‘lib, 220 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
15:25 / 30.04.2025