Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi kurashish uchun 225 million dollar ajratadi
Bu 64 mamlakatga ajratilgan 274 million dollarlik yordamga qo‘shimcha bo‘ladi.
AQSh dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi kurashish maqsadida gumanitar, tibbiy va iqtisodiy yordam uchun 225 million dollar ajratadi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi.
"Bugun dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi kurashish maqsadida gumanitar, tibbiy va iqtisodiy yordam uchun qo‘shimcha 225 million dollar ajratishga tayyorligimizni tasdiqlayman", - dedi Pompeo.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu 64 mamlakatga ajratilgan 274 million dollarlik yordamga qo‘shimcha bo‘ladi.
JSSTning ma'lumot berishicha, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 1,2 million kishidan oshgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025