Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada shifokorlar tibbiy xodimlar va vositalar yetishmayotgani sababli norozilik namoyishi o‘tkazishdi
7 aprelda Gretsiyada shifoxonalar xodimlari koronavirusga qarshi kurashda vositalar va xodimlar yetishmayotganiga qarshi unsiz norozilik namoyishlari o‘tkazishdi.
Bu haqda AR axborot agentligi xabar berdi. Namoyishlar kommunistik partiya qo‘llab-quvvatlovida kasaba uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan.
Shifokorlar hukumatdan qo‘shimcha xodimlar yollashni va sog‘liqni saqlash sohasiga xususiy sektordan qo‘shimcha vositalar jalb etilishini talab qilishgan.
Poytaxt Afinada bunday namoyish shaharning eng katta shifoxonasiga kirish joyida o‘tkazilgan. Uning ishtirokchilari namoyishga himoya niqoblari va kiyimlarida “Biz siz uchun kurashmoqdamiz, siz bizni kuchliroq qo‘llab-quvvatlang” degan yozuvli plakatlar bilan chiqishgan. E'tiborlisi, aksiyalar 7 aprelda nishonlanuvchi xalqaro salomatlik kunida bo‘lib o‘tgan.
Avvalroq Gretsiya prezidenti Katerina Sakellaropulu tibbiy xodimlarni ushbu bayram bilan tabriklab, ularga koronavirusga qarshi kurashdagi sa'y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda Gretsiyada koronavirusga chalinganlar 1,8 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar 81 nafarni tashkil qilmoqda.
O‘tgan hafta Gretsiya politsiyasi koronavirus tarqalishi oldini olish uchun joriy qilingan harakatlanishga cheklovlarga amal qilmaganlik uchun qoidabuzarlarga 4,2 mln yevrolik jarima solgan. Jarimalardan olinadigan pullarning katta qismi mamlakat sog‘liqni saqlash tizimiga sarmoya qilinadi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
15:23 / 01.03.2025