Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi
Nyu-York shahrida O‘zbekistonning yana bir fuqarosi koronavirusdan zararlanish oqibatida olamdan o‘tdi.
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi ma'lumotlariga ko‘ra, 6 aprel kuni 1969 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etdi.
22 mart kuni R.X.da kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan edi, uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2 aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun'iy shamollatish apparatiga ulangan va sun'iy komaga tushirilgan edi.
«Ushbu davrda Bosh konsulxona uning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turdi», deya xabar bermoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Hozirgi paytda Bosh konsulxona diasporal tashkilotlari rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.
«Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga ta'ziya izhor etadi va AQShda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi (tel: +1-202-887-5300 (ichki.1)) va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel: +1-212-754-7403) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi», deya qo‘shimcha qilingan TIV axborotida.
Bundan avvalroq Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik (bir ayol va bir erkak) koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Avstriya va Armanistonda bir nafar, Qozog‘istonda ikki nafar o‘zbekistonlik virus yuqtirib olgani xabar qilingandi.
- So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 472taga yetgan, 30 kishi sog‘aygan va 2 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025