Samarqand va Jizzaxda ham virus aniqlandi, Buxoroda bemorlar soni keskin oshib ketdi
7 aprel kuni holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning yana ikki viloyatida koronavirusdan zararlanish holatlari qayd etilgan. Endilikda respublika bo‘yicha faqat Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari koronavirusdan xoli hudud sifatida qolmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus qayd etilgan bemorlar bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning 194 nafari Toshkent shahrida (Toshkent viloyatidagilar ham) davolanmoqda.
Shuningdek, yana 10 hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashgan shifoxonalarda bemorlar davolanishmoqda.
Ayni vaqtda eng ko‘p zararlanish holati viloyatlar bo‘yicha Buxoro viloyatida qayd etilgan - 84 nafar bemor. Ushbu viloyatda so‘nggi kunda bemorlar soni keskin o‘sishi kuzatilgan - 6 aprel kuni bemorlar soni 19 nafar edi.
Buxoro viloyatida - 84
Farg‘ona viloyatida - 70
Andijon viloyatida - 61
Namangan viloyatida - 51
Xorazm viloyatida - 18
Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 16
Qashqadaryo viloyatida - 6
Navoiy viloyatida - 2
Samarqand viloyatida - 1
Jizzax viloyatida 1 nafardan.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan holatlar soni 504tani tashkil etmoqda. Bemorlarning 212 nafari erkak, 292 nafari ayollardir (shu vaqtgacha 30 bemor sog‘aygan, 2 kishi vafot etgan).
Bemorlarning yoshi bo‘yicha:
0-9 yoshgacha – 20 nafar (4 foiz);
10-19 yoshgacha – 29 nafar (5,8 foiz);
20-29 yoshgacha – 84 nafar (16,7 foiz);
30-39 yoshgacha – 132 nafar (26,2 foiz);
40-49 yoshgacha – 137 nafar (27 foiz);
50-59 yoshgacha – 72 nafar (14,3 foiz);
60-69 yoshgacha – 22 nafar (4,4 foiz);
70-79 yoshgacha – 7 nafar (1,4 foiz);
80 yoshdan yuqori bo‘lganlar 1 nafar (0,2 foiz)ni tashkil etmoqda.
«Shu o‘rinda aytish kerakki, laborator tahlillar natijasida kasalligi aniqlangan fuqarolar doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat'iy nazar karantinda bo‘lgan hududidagi ixtisoslashgan tibbiyot muassasalariga davolash uchun o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot xodimlari tomonidan bemorlarga xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilmoqda», deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:24 / 20.11.2024
Fayzulla Xo‘jayevning jiyani professor Sulaymon Inoyatov vafot etdi
14:38 / 20.11.2024