Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus tarqalishi to‘xtaganini ma'lum qildi
Chexiya hukumati 6 apreldan koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan choralarni yumshata boshladi, xususan, ayrim do‘konlar ochildi, sport bilan shug‘ullanayotganda niqob taqmaslikka ruxsat berildi.
Foto: Getty Images
Chexiya koronavirus infeksiyasi tarqalishini to‘xtata oldi, deb ma'lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex.
"Biz uchun eng yomoni ortda qoldi. Shu bilan birga, kasalxonalar va intensiv davolash palatalari zarur resurslarga ega", - dedi u.
7 aprel kuni chexiyalik mutaxassislar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 195ta holat qayd etilganini ma'lum qildi.
"Yaqinda olingan ma'lumotlar umumiy yo‘nalish o‘zgarganini ko‘rsatmoqda. Bu kasallik tarqalishi to‘xtaganini bildiradi", dedi Chexiya sog‘liqni saqlash sohasida axborot va statistika instituti rahbari Ladislav Dushek.
Chexiya hukumati 6 apreldan koronavirus tarqalishiga qarshi joriy etilgan choralarni yumshata boshladi, xususan, ayrim do‘konlar ochildi, sport bilan shug‘ullanayotganda niqob taqmaslikka ruxsat berildi.
Mavzuga oid
12:30 / 23.05.2025
Chexiya jurnalist Farida Qurbongaleyevani Rossiyaga topshirishdan bosh tortdi
23:16 / 21.05.2025
Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
23:21 / 15.05.2025