Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada sutka davomida koronavirusdan tuzalganlar soni eng yuqori ko‘rsatkichni tashkil etdi
Italiyada bir sutkada 2 mingdan ortiq kishi koronavirusdan tuzaldi, bu epidemiya boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi, dedi Italiya fuqaro mudofaasi xizmati rahbari Anjyelo Borrelli.
Avvalroq kasallik yuqtirishlar soni kamaygani xabar qilingandi – sutka davomida 880ta. O‘tgan haftada koronavirusga chalinish holatlari sutkasiga 2,9 mingdan kamaymayotgandi.
"Tuzalganlar soni 26 491 kishiga yetdi, bir sutkada 2099 kishi tuzaldi – yangi rekord. Keyingi o‘n kun davomida shifo topganlar soni 50 foizga o‘sdi", - dedi Borrelli.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 135 mingdan ortiq, 15 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Avvalroq Chexiya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirus tarqalishi to‘xtaganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
23:21 / 15.05.2025