Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 60 mingdan ortiq kishi koronavirusga test topshirgan
O‘zbekistonda shu vaqtgacha jami 61 666 kishi koronavirusga test topshirgan.
7 aprel kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda jami 61 666 kishi koronavirusga test topshirgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov brifingda ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, 7 aprel kunining o‘zida mamlakat bo‘ylab 5800ta laboratoriya tahlili o‘tkazilgan. Laboratoriya tahlillar barcha hududlarda amalga oshirilmoqda.
Bundan avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusga tekshirish uchun mo‘ljallangan test zaxirasi 200 ming donadan ziyodroqni tashkil etishi ma'lum qilingandi. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi axborotiga ko‘ra, aprel oyi yakuniga qadar mahalliy sharoitda 50 ming dona test ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan.
- 6 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 88 695 kishi karantin sharoitida saqlanayotgani xabar qilingandi, ulardan 67 mingdan ortig‘i uy sharoitida karantin kuzatuvida, 21 mingdan ortiq kishi mamlakatning turli nuqtalaridagi maxsus tayyorlangan tibbiyot muassasalarida statsionar sharoitda bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
17:46 / 27.02.2025
SSV: Mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror
17:37 / 31.01.2025
“Bu ma’lumotni berib borishimiz kerak” – Nurmat Otabekov havo ifloslanishidan erta ogohlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024