Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 534taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 14 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 8 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 534 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi, Jami 534ta holatning yarmidan ko‘pi – 307tasi so‘nggi besh kun ichida aniqlandi.
Shu vaqtgacha bemorlarning 30 nafari sog‘aygan, 2 kishi vafot etgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev qaysi hududda necha kishi davolanayotgani va bemorlarning doimiy turar joyi bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etdi.


Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021