Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar hibsdagi tarafdorlari ozod etilmagunicha hukumatga qarshi urush olib borishini bildirdi
Muhammad Suhayl Shahinning so‘zlariga ko‘ra, muloqot “Tolibon”ning 5 ming nafar tarafdori ozodlikka chiqarilganidan so‘ng boshlanadi.
Toliblar hibsdagi tarafdorlari AQSh va “Tolibon” o‘rtasidagi kelishuv shartlari bo‘yicha ozod etilmagunicha rasmiy Kobulga qarshi urush harakatlarini davom etttiradi. Bu haqda harakatning Qatardagi rasmiy ofisi vakili Muhammad Suhayl Shahin ma'lum qildi.
"Biz tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi uchun ichki afg‘on muzokaralari boshlanishini istaymiz. Ammo hukumat muzokaralar boshlanishiga to‘sqinlik qilib mahbuslarni ozod etmayapti. Oramizda kelishuv yo‘q ekan, jang harakatlari davom etadi", - dedi u.
Shahinning so‘zlariga ko‘ra, muloqot “Tolibon”ning 5 ming nafar tarafdori ozodlikka chiqarilganidan so‘ng boshlanadi.
29 fevralda Dohada AQSh va toliblar o‘rtasida kelishuv imzolangandi. Kelishuvga ko‘ra, Afg‘onistondagi ichki muzokaralar 10 martda boshlanishi lozim edi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025