Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 600ga yaqinlashmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 27 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 9 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 582 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 99 nafar bemorning 25 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. Bemorlarning 7 nafarining ahvoli og‘ir. Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan 88 nafar bemorning 3 nafari ahvoli o‘rta og‘ir, deb baholanyapti.
- O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi.
- Shu vaqtgacha bemorlarning 30 nafari sog‘aygan, 3 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021