Hindiston aholisi karantin sababli 30 yil ichida ilk bor Himoloyni ko‘ra oldi
Hindistonda koronavirus tarqalishi oldini olish uchun 23 martdan kiritilgan karantindan keyin ekologik vaziyat ancha yaxshilandi.

Foto: Twitter @gauravbhanu89
Buning isboti sifatida Panjob shtati aholisi karantin vaqtida havo tozalangani sababli uzoq yillar davomida ilk bor Himoloy tog‘larini ko‘ra olganini aytish mumkin.
Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Tog‘lardan 200 km uzoqlikda joylashgan Jalandxor shahri va uning yon atrofidagi aholi vakillari ijtimoiy tarmoqlarda tog‘ning suratlari bilan bo‘lishib, uni o‘nlab yillar davomida ko‘ra olishmaganini ta'kidlab o‘tishgan.
“Havo tozalangani sababli 30 yil ichida ilk bor Himoloyni aniq ko‘ra oldim. Bu ajoyib”, deb yozgan foydalanuvchilardan biri Manjit Kang.
Havo hududda sanoat korxonalari va avtomobillar harakatlanishi to‘xtagandan keyin yaxshilangan. Hindistonning ekologiyani nazorat qilish markaziy kengashining ta'kidlashicha, karantin choralari kiritilishining birinchi kuniyoq havo 44 foizga tozalangan. Karantinning bir haftasi ichida esa mamlakatning 85 ta shahrida ekologik vaziyat yaxshilangan.
Avvalroq Italiyaning Venetsiya shahridagi kanallar karantin vaqtida tiniq ko‘rinishga kelgani ma'lum qilingandi. Ularda baliqlarni va hattoki delfinlarni ko‘rish mumkin bo‘lgan.
Mavzuga oid

21:17 / 10.04.2025
Apple Tramp tariflarini chetlab o‘tish uchun Hindistondan 1,5 million dona iPhone olib chiqadi

22:59 / 07.04.2025
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi

20:44 / 01.04.2025
Hindiston Trampning «ikkilamchi bojlar» tahdididan so‘ng Rossiya neftiga muqobil izlashni boshladi

22:09 / 26.03.2025