Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanzila Norboyeva Matviyenkodan Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolariga amaliy yordam berishni so‘radi
8 aprel kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yo‘lladi.
Maktubda Rossiya xalqiga epidemiyani tez orada yengib o‘tishiga chin dildan tilak bildirib, global koronavirus pandemiyasi sharoitida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan, parlamentlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash alohida ahamiyat kasb etishi qayd etilgan.
O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi hukumatining fuqarolarimizning Rossiyada bo‘lib turishi uchun ruxsat etilgan muddatni uzaytirish hamda mamlakat tashqarisiga chiqish zaruratisiz mehnat faoliyatini davom ettirish uchun yangi patentlar olish shartlarini yengillashtirish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlagan.
Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining yuqorida qayd etilgan muammolariga ham e'tibor qaratilib, ularni tezkorlik bilan hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 5 aprel kuni karantin davrida mehnat patenti to‘lovini vaqtincha kechiktirish bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi hukumatiga nota yuborgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
22:24 / 12.05.2025