Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik astronavt koronavirusning Xalqaro koinot stansiyasiga tushishi ehtimolini baholadi
Koronavirusning Xalqaro koinot stansiyasiga u yerga 9 aprelda kelgan ekipaj bilan tushishi ehtimoli deyarli yo‘q. Buni XKSga kelgan yangi ekipaj a'zosi, NASA faozigiri Kriss Kessidi aytdi.
“Hammasi bo‘lishi mumkin... biroq, fikrimcha, bizning virus olib kelgan bo‘lishimiz ehtimoli deyarli nolga teng”, deb aytgan fazogir 10 aprelda o‘tgan telebrifingda.
9 aprelda Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan XKSga rossiyalik Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagner hamda Kristofer Kessidi uchirilgandi. Koinot kemasi startdan 6 soat o‘tgach fazogirlarni XKSga yetkazgan.
Kessidining ta'kidlashicha, u Rossiyaga AQShning Xyuston shahridan fevral oxirida kelgan, martning birinchi haftasida esa barcha parvozoldi tayyorgarligi mashg‘ulot bazasidan tashqariga chiqmagan, fazogirlar bilan faqat startga aloqador kishilargina muloqot qilgan. “Biz bunga qat'iy rioya qilganmiz. Ekipajimiz va tashqi dunyodan odamlar o‘rtasida deyarli hech qanday muloqot bo‘lmagan”, deb aytgan amerikalik astronavt.
“Bu missiya o‘zgacha his qilindi, chunki biz Yerni global inqiroz vaqtida tark etdik”, deb qo‘shimcha qilgan Kessidi. Astronavtning ta'kidlashicha, u va uning hamkasblari butun dunyo fazogirlar koinot parvozi oldidan o‘tadigan karantinga o‘xshash karantinga ketishini tasavvur qilishmagan. “Buni biz bilan birga butun dunyo qilishini bilmagandik”, deb aytgan astronavt va yuz berayotgan voqealardan afsuslanish bildirgan.
Ayni vaqtda XKSda NASA astronavtlari Jyessika Meyr, Endryu Morgan va Kriss Kessidi hamda rossiyalik fazogirlar Oleg Skripochka, Anatoliy Ivanishin va Ivan Vagner faoliyat olib bormoqda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
00:20 / 02.05.2025
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
08:59 / 19.03.2025