Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Italiyada futbol uchrashuvlariga tomoshabinlar kirishiga 2021 yilgacha ruxsat berilmaydi
Italiya hukumati mamlakatda o‘tkaziladigan futbol o‘yinlarida tomoshabinlar kirishini 2021 yilning yanvar oyiga qadar man qilmoqchi.
Bu haqda beIN Spors telekanali jurnalisti Tankredi Palmeri xabar bermoqda.
Italiya chempionati o‘yinlari mart oyida koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan edi. Mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina turnir 17 may kunidan davom ettirilishi mumkinligi haqida aytgan bo‘lsa-da, u A Seriya joriy mavsumini sentabr-oktabr oylarigacha yakunlanishi ehtimolini ham rad etmagandi.
Ma'lumot uchun, hozirgi kunga qadar Italiyada 152 ming kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, 19 468 kishi vafot etgan, 32 534 nafar kishi esa sog‘aygan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
23:21 / 15.05.2025