Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada mamlakat ichida harakatlanishga nisbatan cheklovlar uzaytirildi
Fransiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 137 mingdan ortiq holat aniqlangan, 15 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron koronavirus epidemiyasi sababli joriy etilgan mamlakat ichida harakatlanishga nisbatan cheklovlarni 11 maygacha uzaytirdi.
U bu haqda televideniye orqali xalqqa murojaatida e'lon qildi.
"Umid qaytmoqda, ammo Grad-Est hamda Il-de-Frans regionida kasalxonalar to‘lib ketgan. Shu bois sa'y-harakatlarimiz va qoidalarni davom ettirishimiz shart. Qat'iy izolyatsiya tartibi 11 may kunigacha saqlanib turadi", - dedi Makron.
U "kelgusi to‘rt hafta davomida hukumat tomonidan joriy etilgan choralar saqlanib qolishini, kuchaytirilmasligi va bo‘shashtirilmasligi"ni aytdi.
Koronavirus tarqalishi sababli Fransiya hukumati qarori bilan mamlakatda qahvaxona, restoran, kinoteatr va nooziq-ovqat do‘konlari yopilgan. 17 martdan aholi harakatlanishiga nisbatan qat'iy cheklovlar o‘rnatilgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 137 mingdan ortiq holat aniqlangan, 15 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025