Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi shaharlardan biri koronavirus tarqalgani sababli yopildi
Qayd etilishicha, qariyalar uyidagi 86 kishi koronavirusga chalingani gumon qilinganidan so‘ng ushbu cheklov joriy etilgan.
Qariyalar uyida koronavirus tarqalgani sababli Rossiyaning Smolensk oblastidagi Vyazma shahriga kirish-chiqish to‘xtatildi. Bu haqda mahalliy ma'muriyatga tayanib RT xabar berdi.
«Vyazmada epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli 12 apreldan 30 aprelgacha shaharda yashash ro‘yxatida turmaydigan fuqarolarning shahar hududiga kirishi va chiqishiga cheklov o‘rnatiladi», — deb ma'lum qildi ma'muriyat.
Qayd etilishicha, qariyalar uyidagi 86 kishi koronavirusga chalingani gumon qilinganidan so‘ng ushbu cheklov joriy etilgan. Hozirga qadar 306 kishi, jumladan xodimlar tekshiruvdan o‘tkazilgan, xodimlardan birida kasallik aniqlangan.
Mash Telegram-kanalining xabar berishicha, u yaqinda ta'tilni Vetnamda o‘tkazib qaytgan bo‘lgan. Hozirda muassasa karantinga olingan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 15,5 mingdan oshgan. Mamlakatda epidemiya boshlanganidan beri 130 kishi vafot etgan, 1291 kishi tuzalgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021