Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda sutka davomida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 108ta holat qayd etildi
Mamlakatda koronavirusdan jami 3341 kishi vafot etgan, kasallikka chalinganlar soni 82 mingdan oshdi.
Foto: epa/vostock-photo
Xitoyda o‘tgan sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 108ta yangi holat qayd etildi, 98ta xorijdan kelganlarda va 10ta mamlakat ichida. Bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lum qildi.
Sutka davomida koronavirus oqibatida ikki kishi vafot etgan – ikkala o‘lim holati ham infeksiya tarqalish epimarkazi hisoblangan Xubey provinsiyasida qayd etilgan.
Mamlakatda koronavirusdan jami 3341 kishi vafot etgan, kasallikka chalinganlar soni 82 mingdan oshdi.
Qayd etilishicha, 77 mingdan ortiq kishi sog‘ayib, kasalxonalarni tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi o‘chog‘i bo‘lgan Uhan shahrida ommaviy karantin tartibi 7 aprelda bekor qilindi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025