Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamshid Qo‘chqorov Qozog‘istonda bug‘doy eksportiga qo‘yilgan cheklovga munosabat bildirdi
Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Kun.uz'ga intervyu berdi. Unda hukumatning iqtisodiy-moliyaviy bloki pandemiya ortidan paydo bo‘lgan inqirozni yengib o‘tish, uning oqibatlarini yumshatish haqida fikr va mulohazalar bildirildi.
“Bug‘doy masalasi biz uchun juda ham muhimdir. Afsuski, Qozog‘istonda ham, Rossiyada ham bug‘doyga kvota kiritildi. Bizda bu yil yanvardan aprelgacha bug‘doy importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan biroz kamroq bo‘lgan, biroq o‘tgan yili o‘zimizda ham hosil yaxshi bo‘lgandi.
O‘zbekiston 3 mln tonna bug‘doy import qiladi. Biz juda ham katta importyorlardan birimiz. Shu bilan birga, yarim mln tonna un eksport qilinadi. Ko‘ryapsizmi, biz ham bug‘doy import qilamiz, ham unni eksportga chiqaramiz.
Qozog‘istonda 5,5 mln tonna bug‘doy zaxirasi bor, uni baribir O‘zbekiston va yaqin mamlakatlardan boshqaga sotish imkoniyati ancha cheklangan. Bundan tashqari, Qozog‘istonda sentyabrlarda g‘alla o‘rim-yig‘imi boshlanadi, bizda esa iyun oyida. Vaziyat asabiy ekani ham to‘g‘ri. Bu cheklovlar vaqtinchalik, muammolar bo‘lmasligi kerak”, - dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Mavzuga oid
19:28 / 18.12.2024
Toshkentda issiqlik ta’minoti narxlari 2 yilda 4 marta oshiriladi. Lekin bu ham yetarli emasligi aytilmoqda
14:14 / 18.12.2024
“Energetika sohasini subsidiyalash 2028 yildan to‘xtatiladi” – Jamshid Qo‘chqorov
18:33 / 26.11.2024
“Judayam murakkab savol” - Qo‘chqorov tibbiyot xodimlarining maoshi haqida
17:11 / 26.11.2024