Prezident IIVga qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish sohasidagi transportlar erkin harakatlanishini ta'minlash bo‘yicha topshiriq berdi
O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin sharoitida qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq avtotransport vositalarining karantin qoidalariga rioya qilgan holda erkin harakatlanishiga ruxsat berilmoqda.
14 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda davlat rahbari qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq avtotransport vositalarining erkin harakatlanishiga ruxsat berish borasida ham topshiriq bergan.
Unga ko‘ra, endilikda karantin qoidalariga amal qilgan holda, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq avtotransport vositalarining erkin harakatlanishi ta'minlanadi. Bu haqda prezident Ichki ishlar vazirligiga topshiriq bergan.
Mart oyi oxirida karantin tufayli avtotransport vositalari harakatiga cheklov joriy qilingandi. Istisno tariqasida qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq avtotransport vositalarining erkin harakatlanishiga ruxsat berilmoqda.
Mavzuga oid
14:59 / 23.11.2024
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ta’limi sohasiga Belgiya tajribasi joriy etiladi
12:32 / 23.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
15:45 / 21.11.2024
Ummon O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini import qilmoqchi
12:10 / 20.11.2024