Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Shomurodov - №1» - Rossiya milliy jamoasi va «Zenit» sobiq hujumchisi Eldorni Dzyubadan ustun qo‘ydi
Rossiya milliy jamoasi va «Zenit» klubi sobiq hujumchisi Aleksandr Panov «Sport-Ekspress» gazetasiga intervyu berarkan, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb atadi.
«Aleksandr Kerjakov Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi uch futbolchisi deya - Yeremenko, Dzyuba va Bakayevni tanladi. Bu borada siz qanday fikrdasiz?», - deya jurnalist tomonidan berilgan savolga Panov quyidagicha javob berdi:
«Bakayev malasida qo‘shilaman. Ammo uning hali yosh ekanligi va barqaror to‘p surmayotganligi bois, ikkinchi o‘ringa qo‘yaman. Uchinchi o‘ringa esa «Lokomotiv»ning polshalik futbolchisi Krixovyakni tanlayman. Chempionatning birinchi raqamli futbolchisi esa – Shomurodov», - deya javob bergan rossiyalik taniqli sobiq hujumchi.
Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov ushbu mavsumda 11ta goli bilan Artyom Dzyubadan so‘ng Rossiya chempionatining eng yaxshi ikkinchi to‘purari bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
16:41 / 02.05.2025
Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi
11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari
09:50 / 20.04.2025