O‘zbekiston | 23:59 / 15.04.2020
1281
3 daqiqa o‘qiladi

Xoreografiya akademiyasining yangi filiali tashkil etiladi

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali tashkil etiladi

Prezidentning “O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Madaniyat vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Xorazm viloyati hokimligining O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.

Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

raqs san'ati sohasida fundamental bilim va tushunchalar, tarixiy va zamonaviy an'analar, innovatsiya texnologiyalarini, davlat standarti bo‘yicha belgilangan bilim va malakalarni puxta egallagan oliy ma'lumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash;

tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarga mehnat bozoridagi real talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, yuqori sifatli bilim va malaka berish;

bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish;

ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san'at sohasida ilm-fan bo‘yicha erishilgan ilg‘or yutuqlarni tatbiq etish;

yoshlarning raqs san'atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda iste'dodini yuzaga chiqarish;

kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-ijodiy faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy-ijodiy faoliyat bilan ko‘proq shug‘ullanishga keng jalb etish;

talabalarning sohalar bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda ularda ijrochilik ko‘nikmalarini kuchaytirish maqsadida tizimli ravishda xorijiy mamlakatlarga qisqa va uzoq muddatli amaliyotlarga yuborish.

Belgilab qo‘yilishicha, Filialga:

2020/2021 o‘quv yili uchun «5151300 — xoreografiya (turlari bo‘yicha)» ta'lim yo‘nalishiga bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha jami 25 ta — shundan 10 tasi davlat grantlari, 15 tasi to‘lov-kontrakt asosida — qabul kvotasi ajratiladi;

2020/2021 o‘quv yili uchun qabul jarayoni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshiriladi.

Xorazm viloyati hokimligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat vazirligi Urganch shahri, A.Bahodirxon ko‘chasi, 195-uyda joylashgan Urganch iqtisodiyot kasb-hunar kolleji asosiy binosining bir qismini Filialga bepul foydalanish huquqi bilan berish hamda Filial faoliyatini mazkur binoda tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Urganch iqtisodiyot kasb-hunar kollejining Urganch shahri, A.Bahodirxon ko‘chasi, 195-uyda joylashgan binosining bir qismi Filialga berilishi munosabati bilan mazkur kollej faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid