Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh xorij ekspertlari Uhandagi laboratoriyaga kiritilishiga ruxsat berilishini kutmoqda
Vashington Xitoy hukumati xorij mutaxassislarining Uhandagi laboratoriyaga kirishlariga ruxsat berishini kutmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Fox Business telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Biz virus tarqalishi qayerdan boshlanganligini aniqlash uchun Xitoy kommunistik partiyasidan ushbu virusologiya laboratoriyasiga ekspertlar kirishiga ruxsat berishini so‘ramoqdamiz", - dedi Pompeo. Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu yerda gap siyosatda emas, balki fan va epidemiologiyada".
Pompeo shuningdek, bu laboratoriyaga G‘arb mamlakatlari mutaxassislari kiritilmaganiga e'tibor qaratdi. AQSh davlat kotibining fikricha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlarning mazkur markazga kirishlariga ruxsat berilishiga erishishi shart.
Payshanba kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan koronavirus sun'iy yo‘l bilan yaratilgani to‘g‘risidagi taxmin hech qanday dalil bilan asoslanmaganini bildirdi.
Avvalroq Fox News jurnalistlari nomi oshkor qilinmagan manbalarga tayanib ana shunday ta'kid bilan chiqqandi. Qayd etilishicha, virus laboratoriya xodimlaridan biriga ko‘rshapalakdan yuqqan. Keyinroq bu xodim kasallikni Uhanda yashovchilarga yuqtirgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025