Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik epidemiolog AQShning koronavirusga qarshi choralarini yetarlicha kuchli emas deb baholadi
AQShda koronavirus tarqalishini nazorat qilish choralari yetarlicha kuchli emas, kasallanganlar soni shundan darak bermoqda, dedi Xitoy sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi epidemiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus komissiyasi rahbari Chjun Nanshan.
"Menimcha, buning ikkita sababi bor. Birinchidan, AQSh ajoyib tekshiruvlar o‘tkazmoqda. Buni, koronavirusga chalinganlarni aniqlashni juda yaxshi deb hisoblayman. Ammo boshqa tomondan, kasallik yuqtirganlar soni juda katta - 600 mingdan ortiq va bu raqam o‘sib bormoqda. Boshqacha aytganda, nazorat choralari yetarlicha darajada kuchli emas", - dedi u.
Jons Hopkins universitetining ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirganlar soni 648 mingdan oshib ketgan, 31 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti budjetiga badallar to‘lashni to‘xtatayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025