Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aviareyslar uchun noqonuniy chiptalar sotib, 38 nafar fuqaroning 75 mln so‘m pulini qo‘lga kiritgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Qarshi shahrida joylashgan MChJ ijrochi direktori, 33 yoshli L.E. shu MChJ ta'sischisi 32 yoshli I.M. va g‘aznachisi 47 yoshli J.Sh. bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular 2020 yil 8 yanvar kunidan 15 fevral kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqarolarga “Qarshi-Moskva”, “Samarqand-Moskva” va “Toshkent-Moskva” yo‘nalishlari bo‘yicha aviareyslar uchun noqonuniy, ro‘yxatdan o‘tmagan chiptalar sotib, jami 38 nafar fuqaroning jami 75 284 476 so‘m miqdoridagi pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ushbu pullarni o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlangan.
Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 2-sonli IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025