O‘zbekiston | 21:10 / 18.04.2020
92447
1 daqiqa o‘qiladi

Bahrom Almatov yangi lavozimga tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktoriga ikki o‘rinbosar tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Bahrom Ibragimovich Almatov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Bahrom Almatov 2019 yilning sentyabridan buyon Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori – O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, Botirjon Jo‘raboyevich Qurbonov Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bundan avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari – vazirlik huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori lavozimi joriy etilib, bu lavozimni Bahodir Yusupaliyev egallagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid