Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada nizoli yer maydonini hal qilib berishga va'da bergan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘ona shahrida M.A. tanishi Q.S.ga Ulug‘vor ko‘chasida joylashgan buvisi N.Z.ga tegishli nizoli yer maydoni yuzasidan Oliy sudda ko‘rilayotgan ishni uni foydasiga hal qilib berishini aytgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, bu shaxs uni aldab, 2 800 AQSh dollarini firibgarlik bilan qo‘lga kiritib, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Mavzuga oid
08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
07:40 / 21.05.2025