Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ferrari zavodi o‘pkani sun'iy shamollatish uskunalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqara boshladi
Maranellodagi Ferrari zavodi o‘pkani sun'iy shamollatish uskunalari uchun klapan va mahkamlagichlar ishlab chiqarmoqda.
Italiyaning sport avtomobillari ishlab chiqaruvchi Ferrari kompaniyasi koronavirusga qarshi kurashga qo‘shildi. Maranellodagi Ferrari zavodi o‘pkani sun'iy shamollatish uskunalari uchun klapan va mahkamlagichlar ishlab chiqarmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Tayyor uskunalar favqulodda vaziyatlarning oldini olish idorasiga jo‘natiladi, bu yerda esa kasalxonalarga taqsimlanadi.
Italiyada koronavirus ilk bor yanvarda aniqlangandi. Mamlakat hukumati Yevropada birinchilardan bo‘lib karantin choralarini joriy etgandi.
O‘tgan haftalarda Italiya koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha Yevropada birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakatning 172 mingdan ortiq fuqarosida kasallik aniqlangan bo‘lib, 23 ming kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi
15:21 / 14.11.2024