Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqaroni 56 ming dollarlik telefon apparatlariga «uxlatgan» shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Joriy yilning fevral oyida Namanganda 39 yoshli U.M. yakka tadbirkor 39 yoshli D.S.ga o‘zini uyali aloqa vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdogar sifatida tanishtirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, bu shaxs undan umumiy narxi 56 500 AQSh dollarlik har xil turdagi uyali aloqa vositalarini pulini bir hafta ichida olib sharti bilan olib ketib, uyali aloqa vositalarini boshqalarga sotib yuborib, pullarni D.S.ga bermasdan o‘zining manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
08:42 / 26.05.2025