Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarda yangi fan joriy etilishi mumkin
Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida “Orfografiya va punktuatsiya” fanini joriy etish taklif qilinmoqda
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida umumiy o‘rta ta'lim maktablarida “Orfografiya va punktuatsiya” fanini joriy etish haqida petitsiya joylashtirildi.
“Til – millat ko‘zgusi. Albatta, har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan asosiy vositalaridan biri bu, shubhasiz, adabiy tilidir. Adabiy tilga hurmat esa uni to‘g‘ri yozishdan boshlanadi. Biz esa hozirgacha ayrim so‘zlarni xato yozamiz va bu hol jamiyatning barcha qatlamlarida shakllangan.
Nima uchun shunday bo‘lgan? Chunki, shu paytgacha maktablarda to‘g‘ri yozishni o‘rgatadigan maxsus fan bo‘lmagan. Ona tili fani-chi, deyishingiz mumkin. Birgina ona tili fani bilan to‘g‘ri yozish malakasini egallay olmayapmiz. Mazkur fanni ta'limning asosiy bosqichi bo‘lgan umumiy o‘rta ta'lim tizimida joriy etsak, savodsizlikning oldini olgan bo‘lamiz, deb hisoblayman”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, umumiy o‘rta ta'lim tizimida “Orfografiya va punktuatsiya” fanini joriy etish taklif qilinmoqda.
Mavzuga oid
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025
Toshkent propiskasi tarixga aylanadi: fuqarolar turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda onlayn murojaat qilish imkoni yaratilmoqda
19:21 / 13.09.2024
Raketadagi kabutar, o‘lik baliq, mast chuvalchang – Shnobel mukofotlari topshirildi
10:03 / 02.09.2024