Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada koronavirusdan vafot etganlar soni 15 mingdan oshdi
16 aprel kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab mart oyida joriy etilgan karantin muddatini yana uch haftaga uzaytirdi.
Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda o‘tgan sutkada 888 kishi koronavirusdan vafot etgan. Shu tarzda jami vafot etganlar soni 15 644 kishiga yetdi.
Jons Hopkins universiteti bergan ma'lumotga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 115 mingdan oshgan.
Koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatda ko‘chada ikki kishidan ortiq bo‘lib to‘planish taqiqlandi. Shu bilan birga, barcha nooziq-ovqat do‘konlari, kutubxonalar, diniy muassasalar, sport zallari yopildi.
Aholiga zarur holatlarsiz ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etilgan.
16 aprel kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Dominik Raab mart oyida joriy etilgan karantin muddatini yana uch haftaga uzaytirdi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025