Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York shtatida videoaloqa orqali nikoh tuzishga ruxsat beriladi
Nyu-York gubernatori Endryu Kuomoning ta'kidlashicha, koronavirus tarqalishi boshlanganidan buyon shtatda ajrashishlar soni o‘sgan, nikoh tuzishlar esa ancha kamaygan.
AQShning Nyu-York shtati hukumati fuqarolarga koronavirus pandemiyasi sharoitida masofadan turib videoaloqa orqali nikoh tuzishga ruxsat beradi. Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomo ma'lum qildi.
"Bugun fuqarolarga masofadan turib nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma olish, davlat xizmatchilariga esa nikohni qayd etish marosimini videoaloqa orqali o‘tkazish imkonini beruvchi hujjatni imzolaymiz ", - dedi gubernatorning kotibi Melissa DeRossa.
Kuomoning ta'kidlashicha, koronavirus tarqalishi boshlanganidan buyon shtatda ajrashishlar soni o‘sgan, nikoh tuzishlar esa ancha kamaygan. Ammo gubernator bu borada aniq raqamlarni keltirmadi.
Jons Hopkins universitetining ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytga kelib Nyu-York shtatida koronavirus oqibatida 17 131 kishi vafot etgan. Kasallik yuqtirganlar soni esa 235 mingdan oshib ketgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025