Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya koronavirusga chalinish holatlari eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar o‘ntaligiga kirdi
Rossiyada 36 mingdan ortiq kishi kasallik yuqtirgani aniqlangan. Keyinroq ro‘yxatdagi o‘ntalikda Rossiya o‘rniga Belgiya joylashdi.
Foto: Kirill Zykov
Rossiya koronavirusga chalinish holatlari eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar ro‘yxatida o‘ninchi o‘rindan joy oldi.
Jons Hopkins universitetining ma'lumotiga ko‘ra, mamlakatda 36 793 nafar bemor qayd etildi. Bir sutka ichida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 4,8 mingta yangi holat qayd etildi. Rossiyada jami 313 kishi ushbu kasallikdan vafot etdi.
Keyinroq ro‘yxatning o‘ninchi pog‘onasiga Rossiya o‘rniga Belgiya joylashdi. Bu mamlakatda 37 183 nafar kasallik yuqtirganlar qayd etilgan, 5,4 ming kishi vafot etgan.
13 aprel kuni Rossiya bu ro‘yxatning 15-qatorida edi.
Koronavirusga chalinish bilan bog‘liq eng ko‘p holat AQShda qayd etilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu yerda 715 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan, 37 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025