Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muddati o‘tgan hujjatlar 1 iyulga qadar amal qiladi – IIV
Karantin paytida amal qilish muhlati tugaydigan ruxsat beruvchi xarakterga ega bo‘lgan hujjatlar muddati joriy 2020 yil 1 iyuligacha uzaytiriladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma'lum qildi.
«Fuqarolardan juda ko‘p savollar asosan transport vositasiga tegishli hujjatlarni muddati o‘tgan munosabati bilan, avtotrasporti hayday olmayotganliklari, masalan, transportning texnik ko‘rik muddati o‘tgani munosabati bilan ko‘chada jarimaga tortilishi masalalari keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda», deya Shohrux G‘iyosovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlik rasmiysi AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilishicha, quyidagi hujjatlarning muddati o‘tganligi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga javobgarlik va boshqa ta'sir choralari qo‘llanmaydi:
- barcha ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar (litsenziya va ruxsatnomalar);
- shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashashiga ruxsatnoma);
- avtotransport vositalarini boshqarish uchun talab qilinadigan hujjatlar (sug‘urta polisi, ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlar).
Mavzuga oid
13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi
14:12 / 16.12.2022
IIV mas’ullaridan tizimdagi xodimlar og‘ir mehnat sharoiti va oylik maosh kamligi haqida so‘raldi
21:17 / 15.12.2022
Shohrux G‘iyosov - mitinglar haqidagi qonun, Bobojonovning “yopiqligi” va Norboyevaning uyidagi o‘g‘rilik haqida
14:14 / 09.12.2022