Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada koronavirusga chalingan 107 yoshli ayol sog‘aygani xabar qilindi
Ma'lumot berishicha, ayol bir hafta ichida sog‘ayib ketgan. Shifokorlar u kuchli immuniteti tufayli shunday qisqa muddat ichida sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi deb hisoblashmoqda.
Istanbullik 107 yoshli Havoxon Karadeniz koronavirusga chalingandi va bu kasallikdan forig‘ bo‘ldi, deb xabar bermoqda Anadolu agentligi.
Onaxon 7 aprel kuni yo‘tal va yuqori harorat bilan Istanbuldagi ilmiy-tadqiqot klinikasiga keltirilgan. Tibbiy tekshiruv natijasida unda koronavirus aniqlangan.
Agentlikning ma'lumot berishicha, ayol bir hafta ichida sog‘ayib ketgan. Shifokorlar u kuchli immuniteti tufayli shunday qisqa muddat ichida sog‘ayishga muvaffaq bo‘ldi deb hisoblashmoqda.
Onaxon hozirda uyida 14 kunlik karantinni o‘tamoqda. Uning nabirasi Ender Chirag ham uyida karantinda.
Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq birinchi holat 11 martda qayd etilgandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 82 ming kishidan oshgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025