O‘zbekiston | 22:07 / 19.04.2020
12743
2 daqiqa o‘qiladi

Xususiy tibbiyot tashkilotlariga koronavirusni aniqlash uchun test o‘tkazishga ruxsat beriladi

O‘zbekistondagi nodavlat tibbiyot tashkilotlariga 2020 yil 1 sentyabrgacha koronavirus infeksiyasini laborator tekshirish bo‘yicha pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat beriladi.

Foto: Imago Images / Photothek / TASS

Bunda belgilangan barcha talablarga rioya qilish va hududiy sanitariya epidemiologik osoyishtaligi markazlari bilan shartnoma imzolash lozim.

Bu haqda bugun, 19 aprel kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma'lum qilindi.

Ma'lumot uchun, hozirga qadar koronavirus tahlillari O‘zbekistondagi 16ta virusologiya laboratoriyalarida o‘tkazib kelinmoqda.

Respublikada yuz mingdan ortiq kishi koronavirusga tekshirilgan. 19 aprel kuni yaqin vaqt ichida yana 400 mingga yaqin test o‘tkazish va koronavirusga tekshirilganlarning jami sonini yarim million nafarga yetkazish rejalashtirilayotgani ma'lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 26 mart kuni imzolangan prezident qaroriga asosan, xususiy shifoxonalarga ham koronavirusga chalingan bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun 2020 yil 1 sentyabrga qadar ruxsat berilgan edi. Bunday tibbiyot tashkilotlari ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tuziladi. Xarajatlar Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid