Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi restoranlar Kongressdan 240 mlrd dollar yordam so‘radi
AQSh restoran sohasi vakillari 240 mlrd dollar miqdorida moddiy yordam berishni so‘rab Kongressga murojaat qildi.
AQShda restoranlar eng yirik ish beruvchilardan hisoblanadi – koronavirus pandemiyasiga qadar 12,2 milliondan ortiq kishi sohada band bo‘lgan.
Restoranlar milliy assotsiatsiyasining ma'lumot berishicha, mamlakatda hozirda har 10 restorandan to‘rttasi ishini to‘xtatgan, ularning ayrimlari qaytib ochilmaydi, 8 mln nafarga yaqin xodimlar ishdan bo‘shatilgan yoki haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqarilgan.
Assotsiatsiyaning hisob-kitobiga ko‘ra, restoranlar mart oyida 30 mlrd dollar foydadan mahrum bo‘lgan va aprelda yana 50 mlrd dollar yo‘qotishi mumkin.
AQShda restoranlar eng yirik ish beruvchilardan hisoblanadi – koronavirus pandemiyasiga qadar 12,2 milliondan ortiq kishi sohada band bo‘lgan.
Avvalroq AQSh restoranlar milliy assotsiatsiyasi ushbu sohaning daromadi yaqin uch oy ichida 225 mlrd dollarga kamayishi va besh milliondan yetti milliongacha ish o‘rni yo‘qolishi mumkinligi to‘g‘risida o‘z taxminini e'lon qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025