Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maqoladan so‘ng: Namanganda asalarichilarga transportda harakatlanishga ruxsat berildi
Kecha 19 aprel kuni Kun.uz`da Namangan shahrida yashovchi asalarichilarning muammolari yoritilgan «Sheriklarim piyoda ketishgandi, endi bu yo‘l ham yo‘q» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.
Unda Namangan shahridan tahririyatga aloqaga chiqqan bir guruh murojaatchilar ularga ruxsatnoma berilmayotgani sababli, asalarilarni boqish uchun shaxsiy avtomobillarida tumanlarga, tumandan shaharga, umuman asalari boqiladigan joylarga borib-kelish masalasi muammoga aylanganini bildirishgan.
Bugun murojaatchi Zayniddin Xolmirzayev Kun.uz muxbiri bilan aloqaga chiqib, mavjud muammolar hal etilganini bildirdi.
Xolmirzayevning aytishicha, unga Namangan viloyati IIB YHXB binosida tashkil etilgan shtab ishchi guruhi ko‘magida karantin postlaridan hech qanday to‘siqlarsiz harakatlanishiga ruxsat berilgan.
«Bugunning o‘zida shaxsiy avtomobilimda Uchqo‘rg‘on tumaniga borib, o‘sha yerdagi asalari boqayotgan sheriklarimdan xabar olib keldim. Yo‘ldagi postlarda hech qanday muammo bo‘lmadi. Viloyat IIB YHXBda tashkil etilgan shtab ishchi guruhiga, Kun.uz saytiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», deydi Zayniddin Xolmirzayev.
Ma'lum bo‘lishicha, ishchi guruh tomonidan viloyatdagi asalari boquvchilarga o‘z shaxsiy transportida viloyat hududida taqiqsiz harakatlanishiga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
15:48 / 06.10.2024
“Yiliga 300-400 mln so‘m daromad olaman” – asalari boqib tirikchilik qilayotgan so‘xlik Asalbek aka
10:29 / 12.05.2022
«O‘zbekiston asalarichilari» uyushmasi a’zolariga har yili budjetdan subsidiya ajratiladi
16:28 / 07.04.2022
“Yiliga 100 million so‘m daromad ko‘raman” – pultopar o‘quvchi
16:46 / 18.03.2022