Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mishustin Rossiyaga ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi
18 aprel kuni Moskvaga O‘zbekiston insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi – tibbiy niqoblar yetib kelgani xabar qilingandi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan telefon orqali muloqotida koronavirusga qarshi kurashish doirasida Rossiyaga yuborilgan himoya niqoblari va boshqa tibbiy ashyolar uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
"Mishustin yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun zarur himoya niqoblari va boshqa ashyolar taqdim etgani uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirib, ushbu insonparvarlik yordami Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarining hamkorlik tusini yana bir bor tasdiqlashini ta'kidlab o‘tdi", - deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, Aripov Rossiya tomonidan koronavirusni aniqlash uchun test-tizimlarining tezkor taqdim etilgani hamda rossiyalik epidemolog mutaxassislarning videoaloqa orqali muntazam maslahatlari uchun minnatdorlik bildirgan.
Qayd etilishicha, ikki davlat hukumatlari rahbarlari Rossiya-O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorligining dolzarb masalalarini va O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasiga qo‘shilishini ham muhokama qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 18 aprel kuni Moskvaga O‘zbekiston insonparvarlik yordamining birinchi partiyasi – tibbiy niqoblar yetib kelgani xabar qilingandi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekistondan Rossiyaga jami 5 mln dona tibbiy niqob hamda tibbiyot dokalari yetkazib beriladi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
08:40 / 13.05.2025