Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 3,8 mingga yaqin turistik obekt qayta ochildi
Xitoyda 3770 ga yaqin turistik obekt o‘z faoliyatini qayta boshladi va onlayn-bronlashni ishga tushirdi.
Bu haqda China Daily nashri xabar berdi. Mamlakat bo‘ylab bepul kirishni taklif qiluvchi ko‘plab turistik obektlar va muzeylar onlayn-bronlashni talab qilmoqda.
“Turistlar safardan oldin uni bronlashga sekin-asta ko‘nikadilar. Bu epidemiya oldini olish va unga qarshi kurashish chorasi sifatida odamlar to‘planishidan qochishda asqotadi”, deb aytgan onlayn-bronlash kompaniyasi vakili Yu Syaotszyan.
Xitoyning madaniyat va turizm vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiyasi o‘z ishini qayta boshlovchi obektlardan kunlik tashrif buyuruvchilari sonining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan sayyohlarni qabul qilishni talab qiluvchi yo‘riqnoma chiqargan. Hujjatda turistik saytlar sayyohlarni obektlarga borishni avvaldan buyurtma qilishga rag‘batlantirishlari lozimligi ko‘rsatilgan. Bu esa tashrif buyuruvchilar oqimini nazorat qilish va ko‘p sonda odamlarning to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025