Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina odamlarda sinab ko‘rilishi e'lon qilindi
Oksfordlik mutaxassislarga klinik tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun 20 million funt ajratildi.
Oksfordda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina 23 apreldan odamlarda sinab ko‘rilishi boshlanadi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok ma'lum qildi.
"Oksfordlik mutaxassislarga klinik tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun 20 million funt ajratayotganimizni e'lon qilishdan xursandman. Va vaksina payshanba kunidan odamlarda sinalishini xabar qilishdan ham xursandman", - dedi Xenkok.
Ma'lumot berilishicha, Londondagi Imperial College tomonidan ishlab chiqilgan vaksinaning klinik tadqiqotlari uchun ham 22,5 million funt sterling ajratiladi.
Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 129 mingdan oshgan, 17 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024