Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxsus komissiya hamyurtlarimizni xorijdan olib kelish uchun charter reyslar tashkil etish to‘g‘risida alohida qaror qabul qiladi - TIV
Tashqi ishlar vazirligi chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatdagi xorijiy fuqarolarga murojaat bilan chiqdi
Respublika maxsus komissiyasi hamyurtlarimizni xorijdan olib kelish uchun charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida alohida qaror qabul qiladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Respublika maxsus komissiyasi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga qaratilgan barcha cheklovchi choralarni 2020 yil 10 mayga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Shuningdek, xorijiy fuqarolarga berilgan viza muddatlari joriy yil 1 iyunga qadar avtomatik uzaytiriladi, muayyan muddatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan davlatlar fuqarolariga (agar belgilangan muddat buzilgan taqdirda) istisno tariqasida mamlakatdan chiqib ketishiga joriy yilning 1 iyuniga qadar ruxsat beriladi, ularga nisbatan javobgarlik choralari qo‘llanilmaydi.
“Shu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasi hamyurtlarimizni xorijdan olib kelish uchun charter reyslarini tashkil etish to‘g‘risida alohida qaror qabul qilishini eslatamiz.
Maxsus komissiyaning ushbu qarori, shuningdek, charter reyslarining sanasi va yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma'lumot rasmiy internet-manbalar orqali qo‘shimcha ravishda tarqatiladi”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
19:29 / 29.04.2025
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi
23:29 / 03.07.2021