Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentyabrdan Toshkent shahrida ko‘chmas mulk egasi o‘zgarganda reyestrdagi ma'lumot avtomat ravishda yangilanadi
2020 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk egasi yoki uning yuridik manzili o‘zgarganda, yagona reyestrdagi ma'lumotlar avtomat ravishda yangilanadi.
«Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga ko‘ra, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi idoralararo elektron hamkorlik tizimi asosida «Manzil» tizimiga ko‘chmas mulk obektlarining manzillari yagona reyestridan o‘zgargan ma'lumotlarning taqdim etib boradi.
Xuddi shu tartib Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 2021 yil 1 yanvardan joriy etiladi.
Hujjatda qayd etilishicha, qo‘mita ko‘chmas mulk egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmaganda, «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalanib va axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, uni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi hamda Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlar bazasidan olishni yo‘lga qo‘yishi kerak.
Mavzuga oid
14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
09:18 / 19.05.2025
Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi
07:59 / 30.04.2025
Toshkent ko‘chmas mulk bozorida uy-joylarning o‘rtacha narxi pasaydi
21:16 / 29.04.2025