O‘zbekistonda qurilayotgan maxsus kasalxonalarni keyinchalik ko‘p tarmoqli shifoxonalarga aylantirish mumkin
Koronavirusga qarshi kurash doirasida qurilayotgan kasalxonalarda yaratilayotgan sharoitlarni inobatga olib, kelajakda ularning har biridan ko‘ptarmoqli shifoxona sifatida foydalanish mumkin, deb ma'lum qildi Qurilish vazirligi matbuot kotibi Jamoliddin Qalandarov.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, Qalandarov bu haqda 22 aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan onlayn brifingda ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, garchi bu shifoxonalar qisqa muddatda qurib foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan bo‘lsa-da, ular JSST, Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘inga qarshi bosh boshqarmasi va «Uztibloyiha» ixtisoslashgan loyiha tashkiloti hamkorligida, xalqaro talablarga mos loyihalar asosida qurilmoqda.
«Bu shifoxonalar kelajakda xalq uchun beminnat xizmat qiladigan binolarga aylanadi, deb aytish mumkin.
Karantin majmualari esa karantin muddati yakunlangach, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi bilan hamkorlikda kerakli yo‘nalishda foydalanilishi mumkin», – dedi Qurilish vazirligi vakili onlayn brifingda.
Ma'lumot uchun, Toshkent shahri, Zangiota va Yuqori Chirchiq tumanlari, Andijon, Namangan, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida koronavirus bemorlari uchun 10ga yaqin shifoxona qurilmoqda.
Mavzuga oid
13:42
Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
09:45 / 10.09.2024
Jizzaxda uch aka-uka shifoxonada bezorilik qildi
12:46 / 09.08.2024
Qashqadaryoda yo‘qolib qolgan ayolning jasadi shifoxonadagi lift shaxtasidan topildi
14:32 / 25.07.2024