Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyaliklarga yana to‘rt oy davomida xorijga chiqish va chet elliklarga mamlakatga kirish taqiqlanadi
Hozirda Avstraliyada koronavirusga chalinganlar soni 6600dan ortiq bo‘lib, 4 671 kishi sog‘aygan, 75 kishi vafot etgan. Qit'ada o‘tgan sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 12 ta holat qayd etilgan.
Avstraliya chegaralari yana kamida to‘rt oy davomida yopiq turadi. Bu haqda mamlakatning bosh sanitar vrachi Brendan Merfi ma'lum qildi.
"Hozirda xalqaro vaziyat shundayki, chegaradagi cheklovlarni yumshatish katta tavakkal bo‘lishi mumkin. Men xavfsizlik bo‘yicha milliy qo‘mitaga avstraliyaliklarning mamlakatdan chiqishlariga qo‘yilgan taqiqni uzaytirishni va mamlakat hududiga faqat xorijdan qaytayotgan fuqarolarimizni kiritishni tavsiya qildim", - dedi Merfi.
U virusning dunyo bo‘ylab tarqalishi faol kechayotganini, "yaqin to‘rt oy ichida sezilarli o‘zgarishlarni kutmaslik kerakligini", shu sababli chegaralar yopiq qolishi shartligini ta'kidladi.
Merfi yaqin vaqt ichida mamlakatdagi cheklovlarni yumshatish imkoniyati ko‘rib chiqilishini aytdi.
"Ammo biz avval aholi salomatligiga bo‘ladigan xatarni baholashimiz lozim", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Hozirda Avstraliyada koronavirusga chalinganlar soni 6600dan ortiq bo‘lib, 4 671 kishi sog‘aygan, 75 kishi vafot etgan. Qit'ada o‘tgan sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 12 ta holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025