O‘zbekiston | 17:50 / 23.04.2020
20020
2 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Erkin Hamroyev tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston prezident qarori bilan Erkin Jalilovich Hamroyev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mita raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi. U mazkur lavozimga 11 fevral kuni Hukumat qarori bilan tayinlangan edi.

Erkin Hamroyev O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn (Germaniya) shahridagi diplomatik vakolatxonasida bosh konsul bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi oxirida Ilhom Ne'matov Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga O‘zbekistonning Hindistondagi sobiq elchisi Farhod Arziyev tayinlangan, Ilhom Ne'matov Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi.

Shu yilning mart oyida O‘zbekistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi Sherzod Asadov Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.

 

Mavzuga oid