Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShga immigratsiyani vaqtincha to‘xtatish haqidagi farmonni imzoladi
AQShga immigratsiyani vaqtincha to‘xtatish 60 kun amal qiladi, u koronavirus sababli ish joyidan mahrum bo‘lgan amerikaliklarni himoyalashga imkon beradi. Cheklovlar tibbiyotchilar va koronavirusga qarshi kurashda yordami zarur bo‘lgan boshqa ishchilarga taalluqli bo‘lmaydi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi brifingda mamlakatga immigratsiyani vaqtincha to‘xtatish haqidagi farmonni imzolaganini ma'lum qildi.
“Bu jamiyatning barcha qatlamlariga mansub ishsiz amerikaliklarning ish o‘rinlariga navbatda birinchi bo‘lishlarini kafolatlaydi. Bu juda muhimdir. Agar virus sababli ishdan bo‘shatilgan amerikaliklar xorijdan kelgan yangi ishchi immigrantlar bilan almashtirilganda noto‘g‘ri va adolatsiz bo‘lardi”, deb aytgan Tramp. Hujjatda ta'kidlanishicha, ushbu chora AQShga tibbiy resurslarni tejashga yordam beradi.
Farmon koronavirus sababli yuzaga kelgan inqiroz sharoitida amerikaliklarga ish o‘rinlarini kafolatlash uchun xorijliklarga kamida 60 kunga grin-kartalar berilishini to‘xtatishni ko‘zda tutadi.
“Tanaffus 60 kun amal qiladi va ma'muriyat ushbu cheklovlarni o‘zgartirish yoki uzaytirish uchun mehnat bozori ortidan kuzatishni davom ettiradi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Ta'kidlanishicha, ushbu cheklovlar tibbiyotchilar va koronavirusga qarshi kurashda yordami kerak bo‘ladigan boshqa ishchilar, AQSh fuqarolarining turmush o‘rtoqlari va balog‘atga yetmagan farzandlari hamda “ba'zi boshqa xorijliklar”ga taalluqli bo‘lmaydi.
Bu choraning maqsadga muvofiqligi isboti sifatida USA Today nashri va Ipsos tadqiqot kompaniyasi yaqinda o‘tkazgan so‘rovnoma natijalari keltirilgan. Ularga ko‘ra, immigratsiyaning vaqtincha to‘xtatilishini 80 foiz amerikaliklar qo‘llab-quvvatlaydi.
Tramp AQShga immigrantlar oqimini to‘xtatmoqchiligini 21 aprelda ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025