Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden: «Ko‘rasiz, Tramp saylovni kechiktirishga urinadi»
AQSh prezidentligiga demokratik partiyadan nomzod bo‘lgan Jo Bayden amaldagi prezident Donald Tramp noyabrdagi saylovlarni kechiktirishga urinishini aytdi. Baydenning fikricha, respublikachilar yetakchisi saylovda g‘olib chiqish imkoniyatlarini oshirish maqsadida shunday yo‘l tutishi mumkin.
«Ko‘rasiz, Tramp saylovlarni qoldirishga urinib ko‘radi. Saylovlar nega o‘tkazilmasligini izohlash uchun sabablar ham keltiradi. So‘zlarimni eslab qoling», deb Baydenning so‘zlarini keltirgan SBC.
Bayden saylovdagi raqibi Trampni tanqid qilar ekan uning AQSh pochta xizmatiga yordam berishni xohlamagani uchun aybladi. 10 aprel kuni AQSh pochta xizmati hukumatga yordam so‘rab murojaat qilgan, ammo Tramp tashkilotga yordam berish shart emas deb hisoblagan.
Mamlakatdagi aksilinqiroz dasturi uchun ajratilgan 2,2 trillion dollardan bir dollari ham federal pochta xizmatiga yordam uchun berilmagan. Bayden Trampning bu qarorini «Amerikaga xos bo‘lmagan» deb baholadi.
Barak Obama vaqtida AQSh vitse-prezidenti bo‘lgan Jo Bayden prezidentlik saylovlarida demokratlarning asosiy nomzodi bo‘lishi deyarli aniq. Avgustda partiya uni yagona nomzod sifatida e'lon qilsa, Bayden 3 noyabrdagi saylovlarda amaldagi prezident respublikachi Donald Tramp bilan kurashadi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025