Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 600dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonning ikki hududida yana 19 kishi tuzalgani to‘g‘risida xabar berdi. Namangan viloyatida 14 kishi, Andijon viloyatida 5 kishi reabilitatsiyaga kuzatilgan. Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning jami soni 617 nafarni tashkil etmoqda.
«Xalqimiz sabr va shukr bilan uyda o‘tirgan holda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda beqiyos ko‘mak berishayotgan bo‘lishsa, shifokorlarimiz koronavirus bilan xastalangan bemorlar dardiga malham bo‘lish bilan o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shishmoqda.
Jumladan, bir yo‘la ikki hududdan: Namangan viloyatidan 14 nafar, Andijon viloyatidan 5 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Namanganda sog‘ayganlarning 4 nafari erkak, 10 nafari ayollar bo‘lib, barcha Namangan viloyatidan. Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning 5 nafari ham ayollar bo‘lib, barchasi ushbu viloyatdan. Ikkita viloyatdan jami 19 nafar bemor koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 79 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.
E'tiborli jihati, ayni sinovli damlarda haqiqiy vatanparvarlik namunasini ko‘rsatib, faoliyat yuritayotgan minglab shifokorlarimiz sa'y-harakatlarining mevasi sog‘aygan bemorlar quvonchida aks etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun O‘zbekistonda jami 56 nafar bemor butkul sog‘aydi.
24 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1778taga yetgan, 8 kishi vafot etgan, 617 kishi tuzalgan.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda
13:47 / 03.07.2021