Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yana 22 nafar bemor sog‘aydi
Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 679 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Farg‘ona viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 22 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘ayganlarning 19 nafari charter reys orqali Turkiyadan, 1 nafari Misrdan va yana 1 nafari Praga shahridan Farg‘onaga kelishgan bo‘lib, karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bir nafar farg‘onalik bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirgan.
Ulardan 9 nafari Toshkent shahridan, 5 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Andijon, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan. Bemorlarning 10 nafari erkak, 12 nafari ayollar bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 49 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yoshda.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan shu paytga qadar 30 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 52 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 679 nafar bemor to‘liq sog‘aydi.
Mavzuga oid
23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi
13:36 / 03.05.2025